Asosiy bo'lim
Do'stlar
Chat
Sayt haqida

Aloqa

Islom
Aqoid
Qu'roni Karim
Hadis
Tarih
Ashoblar
   
Umumiy bo'lim
Downloadlar
Qiziqarli!
SMS lar
Kino olami
Latifalar
Shov-biznes
Tehnologiya
Windows XP
Microsoft Office
Internet
Programmalar...

 

Yoshlarni hamkorlikka chorlaymiz!Biz bilan bog'laning:

murod_bek88@bk.ru

 

Eng ommabop maqolalar:
Putinning vorisi kim? Qurondan tasirlanib...
Windows XP haqida qisqacha... Fatvolar
Al-kimyogar Hiyobon ko'rkidagi dog'
"Qizil diplom"nima beradi ? Kompyuterdan nimaga foydalansiz?
Arafa tunidagi qotillik ? Insonlarga eng ko'p foydasi tekkan inson?
Amerikacha Orzu-Havas Ramzi: Amerika Honadonlari. 1- qism

Amerikacha Orzu-Havas Ramzi: Amerika Honadonlari.

Prezident Bush Arizona shtatida o’tkazilgan o’z uyga ega bo’lishning muhimligi mavzusidagi suhbatda 26-Mart, 2006.  Prezidentning ikki tarafida ilk bor uy sotib olgan fuqarolar  Emily McElhaney (chap), va Monica Sims.

 President George W. Bush acknowledges the audience at the conclusion of a conversation on homeownership at the Carpenters Training Center in Phoenix, Ariz., Friday, March 26, 2004. Pictured on stage with the President, from left, are construction foreman Jorge Sotelo, first-time homebuyer Emily McElhaney, first-time homebuyer Monica Sims and Doug McCarron, General President of the United Brotherhood of Carpenters and Joiners of America. White House photo by Eric Draper
Amerikacha Orzu-Havas ( Inglizchada: American Dream) Boylik va baxt orzusini ifoda etuvchi jumla, ko’pincha o’z honadoniga ega bo’lish bilan namoyon bo’ladi.  Ehtimol bu avvaliga ilk ko’chib kelganlarning umidlarini aks ettirgan, hozirda esa bu boylardan boshqa barchaga taalluqli va Amerikaliklar farzandlarining ijtimoiy va iqtisodiy ahvoli o’zlarinikidan yanada yaxshiroq bo’lishiga ishonch tuyg’usini o’zida jamlagan.

Esimga bir rivoyat keldi.  Sulaymon alayhissalom barcha jonzotlarga in qurish bo’yicha dars o’tgan ekan.  Dars boshlanib, o’qituvchi “Eng avvalo bir joy topasiz” degan paytda tovuq uxlab qolgan ekan.  Tovuq uyg’onsa, dars yakuniga kelib qolgan ekan, va o’qituvchi “Endi tuhum qo’ysangiz ham bo’ladi…” deb yakunlaganini eshitibdi.  Shu-shu tovuq to’gri kelgan joyga tuhum tug’ib ketaverar ekan…  Men Amerikaliklarni uy qurishini shu tovuqni joy tayyorlashiga o’xshataman.

Amerika Prezidentining Oq Uyi tarqatgan axborotnomaga ko’ra, hozirda Amerika fuqarolarining 69 foizi o’z uyiga egadirlar.  Bu Amerika tarixidagi eng yuqori raqamlardandir.  Avvaliga bu ajoyibdek ko’rinishi mumkin, lekin bu uylarning aksariyati 30 yillik muddatda to’lanadigan qarzga sotib olingani, va ko’pchilik Amerikaliklar o’z uyiga to’la egalik qilmay turib olamdan o’tib ketishligini ham qo’shimcha qilib o’tishimiz zarur.  Uyini garovga qo’yib qo’shimcha qarz olganlar esa 30 yildan ham ko’proq muddat uyni pulini to’lashga majburlar.  Bundaylar ham talaygina.  Uy to’lovlarini vaqtida to’lamaganligi tufayli uyidan mahrum bo’layotganlar son mingta.  Lekin men ushbu maqolada bu haqda ko’p gapirib o’tirmoqchi emasman.  Men aksariyat Amerika kinofilmlarida ko’z-ko’z qilinadigan osmono’par binolar haqida ham so’z yuritishni istamayman.  Ushbu maqoladan maqsad, aksariyat Amerikaliklar istiqomat qiluvchi pastakkina, nari borsa ikki-uch qavatli, uylarning me’moriy-muhandislik tahlilidir.

Avvalambor shuni aytishim kerakki, men Amerikaliklarning uy qurilishini naqadar tez bitkizishini ko’rib hayron qoldim.  Kichikroq hovli uy 6 oyga qolmay tayyor bo’ladi.

Devorlar.

Ko’pgina Amerika kinofilmlarida qo’l jangi sahnasi ko’rsatilhganda, devorlarni teshib kirib ketganlarni ko’rgan bo’lsangiz kerak a?  Masalan, Van Damme ishtirokida olingan UNIVERSAL JANGCHI filmini oling.  Men o’shanday filmlarni ko’rganda bu odamlar juda baquvvat bo’lsa kerak, tanalari ham temirday mustahkam, deb o’ylardim.  Endi bilsam odamlar bizga o’xshagan ekan, faqat devorlari nozik bo’larkan.  Og’irroq odam devorga qattiqroq surkalsa ham teshib kirib ketishi ko’p bo’lar ekan. Amerikada uy devorlari asosan uch qismdan iborat: tashqi qoplama, ichki to’ldiruvchi modda, uyning ichki devor qoplami.  Yangi qurilayotgan uylarda g’ishtlilari talaygina, eng afzal devor ham albatta g’ishtli bo’lishi kerak.  Lekin ko’p hollarda g’ishtlar faqatgina uyga tashqi ko’rk berish uchun ishlatiladi: g’ishtning qalinligi atigi chorak g’isht, yani tahminan 10 santimetr atrofida bo’ladi. Bu ham boylarda, qolganlarning uylari asosan plastik narsa qoqib to’siladi.  Plastik devorni bo’yash ham kerak emas, u chirimaydi ham.  Bu bezak devorning ichi paxtalashtirilgan oyna (Ruschasi STEKLOVATA) yoki shu kabi issiqlik-sovuqlikni sekin o’tkazadigan sun’iy modda bilan qoplanadi.  Devorning ichki qatlami esa yogo’ch qirindisidan tayyorlangan (Ruschasi DSP yoki fanera) narsalar bilan pardoz beriladi va bo’yoqdan chiqariladi.  Uyning barcha devorlari taxtadan qilinishi esa yong’in ketgan paytda juda ham havfli – yong’inda nafaqat uy ichidagi narsalar, balki butun uy yonib, tag-tugi bilan kulga aylanib ketishi ko’p bo’ladi.  Shuning uchun ham bu yerda mahalliy halq yongindan nihoyatta qo’rqar ekan.  Hari yili 4000dan ziyod Amerikalik uy yong’inlarida halok bo’lar ekan.  Ko’p qavatli binolarda deyarli har qadamda yong’in havfi paydo bo’lgudek bolsa chiqiladigan yo’llarni ko’rsatib turuvchi belgilar o’rnatilgan.  Ha, albatta sinchlarsiz ish bitmaydi, lekin ular shu qadar yupqa va nozikki, qattiqroq shamol bo’lsa uylar tag-tugi bilan uchib ketishi ham mumkin.  Mana o’zingiz bir ko’ring:
Locate New Home Builders Now ! ( All From New-Home-Builders.Info )
Tashi Yaltiroq – Sinchi Qaltiroq…

Hullas uch qatli uy devori bu yerda ko’pincha qalinlikda 30 santimetrdan ortmaydi.  Bunday devorlarni men ham bir tepib teshib yubora olaman, huddi Gollivud kinofilmlaridagidek! Bu kabi devorlar tashqi haroratni sekin o’tkazadi, lekin baribir o’tkazadi, va qalin gishtli yoki paxsali devorlar kabi yuqori issiqlik sig’imiga ega emas.  Natijada bu uylarning ichi qishda sovuq va yozda issiq bo’ladi, va faqatgina isitgich va sovutgichlarning deyarli tinmasdan ishlab turishi hisobiga yashashga yaroqli.  Bunday uylar haroratni meyorida tutib turish uchun elektr quvvatini, gazni tinmay tortib turadi.  Bu esa juda ham katta chiqimga olib keladi. Qalin g’ishtli devorlar esa yoz kunida ham tashqi havo kechasi salqinlaganda o’ziga singdirib olib, kunduzi uyni salqin tutishda ko’mak berar ekan.  Shuning uchun aksariyat O’zbek xonadonlarida yozda havo sovitgichlarga hojat ham yo’q.  Devorlar havo sovitgichlik vazifasini o’tarkan.  Qishda esa isitgichlar ishlaganda, qalin devorlar ham isib olar ekan va uyni uzoqroq issiq tutib turar ekan.
Bizning yurtda ko’p tarqalgan guvala va paxsa devorli uylar Amerikada judayam qimmat va ekologik toza hisoblanadi – ancha-muncha Amerikalikni qurbi yetmaydi unday uyni qurishga! 

Pol.

Amerikaning aksariyat honadonlarining poli sun’iy moddadan tayyorlangan poloslar bilan qoplangan.  Bu poloslarni butunlay polga qoqib tashlangan, natijada bu poloslarni tozalash, yuvish nihoyatta qiyin. Undan tashqari poloslar sun’iy moddadan bo’lganligi tufayli, yurgan odamning badani nuqul elekrlanib qolaveradi, va eshik tutgichlarini yoki birorta temir narsaga qo’l tegishi bilan yoqimsiz qisqa tutashuv bo’lib, badaningiz seskanib ketadi.  Kuniga o’nlab marta bunday bo’laverish (tomchilab daryo bo’lur) ham sog’likka ancha zararli ekan, hususan yurak faoliyatiga va asab tolalariga.  Ma’lumki, insonni o’z badanida ham elektr oqimi mavjud.  Bu borada judayam ko’p ilmiy maqolalar yozilgan.  Polosda yurgandan hosil bo’lgan elektr quvvati o’sha oqimlarni izdan chiqishiga olib kelar ekan.

 


The American Heritage® New Dictionary of Cultural Literacy, Third Edition
Copyright © 2005 by Houghton Mifflin Company.


 

Davomi bor... Muallif:Ma'murjon Rahimov

 

Linklar
www.islom.uz
www.info.islom.uz
www.muslimaat.uz
www.ziyouz.com
www.mustab.narod.ru
www.muslim.uz
www.madrasa.uz
Bannerlar
Hisoblagich
HotLog
So'nggi yangilanish
Bugun 11:00
Noqulayik...
Saytdagi ma'lumotlar kiril lotin alifbosida yozilib noqulaylik yuzaga keltirganidan uzr so'raymiz...

 

 
All right reserved.Designed by mimR soft 2006-2007.Dizayn mualliflik huquqiga ega.
 
Hosted by uCoz