Asosiy bo'lim
Do'stlar
Chat
Sayt haqida

Aloqa

Islom
Aqoid
Qu'roni Karim
Hadis
Tarih
Ashoblar
   
Umumiy bo'lim
Downloadlar
Qiziqarli!
SMS lar
Kino olami
Latifalar
Shov-biznes
Tehnologiya
Windows XP
Microsoft Office
Internet
Programmalar...

 

Yoshlarni hamkorlikka chorlaymiz!Biz bilan bog'laning:

murod_bek88@bk.ru

 

Eng ommabop maqolalar:
Putinning vorisi kim? Qurondan tasirlanib...
Windows XP haqida qisqacha... Fatvolar
Al-kimyogar Hiyobon ko'rkidagi dog'
"Qizil diplom"nima beradi ? Kompyuterdan nimaga foydalansiz?
Arafa tunidagi qotillik ? Insonlarga eng ko'p foydasi tekkan inson?
Amerikacha Orzu-Havas Ramzi: Amerika Honadonlari 2-qism- Mulohaza

 

Oshxona

Amerikaliklar oshxonaga juda zeb beradilar.  Bu albatta juda ham yaxshi narsa, lekin o’zim ham ko’p palov tayyorlab bularning oddiy narsalarga qanday soddalik bilan qarashlarini ko’rib ishongim kelmadi.  Aksariyat Amerika xonadonlarida oshxona bilan mehmonxona o’rtasida hech qanday eshik qoyilmaydi.  Natijada ovqat tayyorlagandagi issiqlik va hidlar uyni ichini butunlay egallab oladi.  Hosil bo’lgan qo’shimcha issiqlikni bartaraf qilish uchun havo sovitgichlar yanada qattiqroq ishlatilishi kerak bo’ladi.  Buning oqibatida uyning elektr quvvat talabi yanada ortib ketadi.  Ovqat pishiriladigan joyning ustida kuchli havo tortgichlar hidlarni va issiqlikni tortib ketadigandek viqor bilan osilib turadi, lekin ko’p xonadonlarda bu havo tortgichlar bug’lardagi yog’ tomchilarini tutib qolib, qolgan havoni hona ichiga qaytarib purkar ekan.  Ya’ni bu havo tortgichlar umuman hech qanday mo’riga ulanmagan ekan!  Muhandislarning o’zlari uyda kam ovqat tayyorlar ekan shekilli, deb oyladim.  Bir safar o’sha havo yutgichlarni butunlay olib tashlab qaradim, osti tep-tekis…

 

Hovli atrofi

Amerikaliklar juda o’zining dahlsizligini (Inglizcha PRIVACY) yuqori qo’yishadi.  Hozir buni ifodalab berish uchun so’z topolmayabman. Lekin kengroq qilib aytganda, ular boshqalarni ularning shaxsiy, maishiy hayotini kuzatishini yoqtirmagandek qilib ko’satishadi.  Lekin aslida buning aksini qilayotganga o’xshaydi.  Masalan, aksariyat Amerika hovli uylari atrofi devor bilan to’silmagan, to’silganlari ham pastakkina nomiga devor bilan to’siladi, balki iti tashqariga chiqib ketmasligi uchundir.  Hozirda shunday itlarning hovli tashqarisiga chiqib ketishini oldini oladigan “ko’zga ko’rinmas” devorlar ham tarqalib bormoqda.  Bunday hovlilar atrofiga maxsus sim ko’mib chiqiladi, va itning bo’yniga kichkina moslama o’rnatiladi.  Agar it hovli chetiga boradigan bo’lsa, bo’ynidagi moslama og’riq hosil qilib, itni cho’chitib yuboradi.  Oddiy ko’z bilan qarasa, hammayoq ochiqdek.  Uylarining pardasi sal ochilib qolsa, uy oldidan o’tgan hamma odam har tarafdan ularning nima qilayotganini bemalol kuzatib o’tib ketadi.  Bizlardagi kabi baland, aylantirib devorlar qilish umuman kam.  Buning birinchi sababi Amerikaliklar tortinish degan narsani yaxshi anglamaydilar.  Ikkinchidan baland devor qurish uchun ancha mablag’ sarf bo’ladi.

Uylarning bunday qo’l uchida va tez qurilishi, ularning tannarxini ancha arzon bo’lishiga olib keladi albatta.  Lekin biror narsaning haqiqiy narxini bilish uchun faqatgina uni sotib olayotgandagi narxnigina tushunish kaltafahmlikdir.  Narx degan narsani kengroq anglash uchun, o’sha buyumdan, bizning misolimizda uydan, foydalanish jarayonida qancha mablag’ sarf bo’lishini ham doim nazarda tutmoq kerak.  Ushbu maqolada ko’rib chiqqanimizdek, Amerika uylari nihoyatda serharajat va yashashga noqulay.  Bunga yana bir qo’shimcha qilsak, Amerika uylari yashash uchun havfli.  Quyida surati keltirilgan uy yer qimirlash yoki portlash natijasida emas, qattiq shamol natijasida yiqilgan, lekin u shamol siz va men oylaganchalik qattiq bo’lganida, uy yonidagi daraxtlar ham qulab tushgan bo’lishi kerak edi.  Shunday emasmi?  Axir shamol bilangina ag’darilib ketadigan uyni yoki yonsa batamom yonib ketadigan uyni qanday qilib havfsiz deyish mumkin?

Qissadan hissa qilib aytmoqchimanki, Amerikacha orzu-havasning markaziy ramzi bo’lgan honadonlar shu qadar “tashi yaltiroq – ichi qaltiroq” bo’lsa, qolgan narsalar qanchalik to’gri va mustahkam ekan?  Eng achinarlisi Amerikaliklarning ko’pchiligi uy degani shunday bo’lar ekan, deb ishonib qolgan. 


Shamoldan qulab tushgan uy…E’tibor bering, atrofdagi daraxtlar yiqilmagan.

Maqola avvalidagi rivoyatni so’ngiga yetkazib qo’ymoqchiman. …Uy qurish bo’yicha darsni eng yaxshi tinglagan qush Qaldirg’och ekan.  Buni qarangki, juda ko’p O’zbek xonadonlarida qaldirg’och uy qurib oladi. O’ylaymanki, bizning halqimiz qaldirg’ochlar bilan ko’p yillik qo’shnichilikdan keyin, ularning uy qurish usullaridan ancha narsa o’rganib olgan bo’lsalar kerak. Shu paxsali uy qurishni bizni odamlar qaldirg’ochdan o’rganganmikan a? 

Mamurjon Rahimov
mrahimov@yahoo.com

 

Linklar
www.islom.uz
www.info.islom.uz
www.muslimaat.uz
www.ziyouz.com
www.mustab.narod.ru
www.muslim.uz
www.madrasa.uz
Bannerlar
Hisoblagich
HotLog
So'nggi yangilanish
Bugun 11:00
Noqulayik...
Saytdagi ma'lumotlar kiril lotin alifbosida yozilib noqulaylik yuzaga keltirganidan uzr so'raymiz...

 

 
All right reserved.Designed by mimR soft 2006-2007.Dizayn mualliflik huquqiga ega.
 
Hosted by uCoz