Asosiy bo'lim
Do'stlar
Chat
Sayt haqida

Aloqa

Islom
Aqoid
Qu'roni Karim
Hadis
Tarih
Ashoblar
   
Umumiy bo'lim
Downloadlar
Qiziqarli!
SMS lar
Kino olami
Latifalar
Shov-biznes
Tehnologiya
Windows XP
Microsoft Office
Internet
Programmalar...

 

Yoshlarni hamkorlikka chorlaymiz!Biz bilan bog'laning:

murod_bek88@bk.ru

 

Mobil uchun musiqalar:
Pricol - Boss sizga telefon
 

Locations of visitors to this page  

 

Eng ommabop maqolalar:
Putinning vorisi kim? Bolalarni emlash zararlimi?
Windows XP haqida qisqacha... Fatvolar
Al-kimyogar Hiyobon ko'rkidagi dog'
"Qizil diplom"nima beradi ? Kompyuterdan nimaga foydalansiz?
Arafa tunidagi qotillik ? Insonlarga eng ko'p foydasi tekkan inson?
Qisqa yangiliklar!

1.Mirasrordan yangi bastalangan 20 ga yaqin musiqalarni mp3 bo'limidan yuklab oling!!!! 2.Saytda endi forum o'z faoliyati boshladi.Forumdan ro'yhattan o'ting va forumni boyiting!! 3.Ramazoni Sharif oyining fazilatlari haqida maqolalarni hadis bo'limida mutoala qiling!!! 4.Endi siz kino olami bo'limidan kinolar yuklab olish imkoniyatiga ham egasiz!!! :) 5.Downloadlar bo'limining yuqori qismiga endi " Mobile" va " Theme" bo'limlari qo'shildi! 6.Mp3 bo'limida endi Klip sahifasi qo'shildi.Bu yerdan siz yangi kliplarni ko'chirib olishingiz mumkin!

HAYOT HIKMATLARI
HAYOT HIKMATLARI
07 Iyun 2007 15:55
Avtobus bekatda bir yo‘lovchi ayol ko‘zida yosh bilan o‘tirardi. Yuragim achishdi unga. Ko‘ngil so‘radim.
— O‘g‘limni yo‘qotdim, uka, — dedi u quyilib kelayotgan ko‘z yoshlarni artar ekan. — Yigirma kundan oshdi, uydan chiqib ketganiga. Daragi yo‘q, yo‘liga ko‘z tikib ko‘zlarim toldi.
— Kasal-pasal emasmi axir?

Batafsil

DUNYODAGI ENG NUFUZLI KOMPANIYALAR

DUNYODAGI ENG NUFUZLI KOMPANIYALAR
AQShda chop etiladigan The Fortune jurnali dunyodagi eng nufuzli 50 ta kompaniya ro‘yxatini e’lon qildi. Yillik ro‘yxatni tuzish uchun dunyoning 30 ga yaqin mamlakatidagi 1500 dan ziyod top-menejerlar fikrlari o‘rganilgan. Respondentlar yangi texnologiyalardan foydalanish, bosh­qaruv samaradorligi, moliyaviy xavfsizlik, mahsulot va xizmatlar sifati kabi jihatlarga ko‘ra kompaniyalarga baho berishgan.
Sayyoramizning eng nufuzli 50 kompaniyasi safiga Amerkadan 35 ta, Yaponiyadan  beshta, Buyuk Britaniyadan 3 ta, Germaniyadan 2 ta, shuningdek, Frantsii, Finlyandiya, Shveytsariya, Singapur va Janubiy Koreyadan bittadan kompaniya kirgan. Quyidagi kompaniyalar The Fortune jurnali reytingining dastlabki o‘nligini egallagan. Batafsil
Bizning bechoraligimiz nimada
DOHIY VA... MALLA BOVA
... Qirning betkayida o‘tlab yurgan qo‘ylar ichidan serka yonboshga o‘tib, katta jarning labiga kelib qoldi. Unga ergashib yurgan ko‘k to‘qli bexosdan sirpandi-yu jarga qarab quladi.
— Qo‘sh de! Qo‘sh de!! Qaytar! Qaytar!! Xah, palakat-a!..
Malla bova cho‘chib uyg‘ondi. Xayriyat-ey, tushi ekan. Shu nevarasi Madumar juda o‘yinqaroq bo‘ldi-da. Tinchlikmikin, ishqilib?..
Diltang bo‘lib, nosqovog‘ini oldi. Kaftiga qoqdi. Qovoq bo‘shaganini bilib, battar kayfiyati buzildi:

Batafsil

Bizning bechoraligimiz nimada

ImageБизнинг бечоралигимиз нимада? Биз бўлиб ўтган воқеа-ҳодисалардан ўз вақтида хулоса чиқармаймиз. Қайсидир даврда бўлиб ўтган ишлар қайта такрорланса, яна қайта-қайта бир хил алданаверамиз... Аллоҳ бандаларнинг яхши бир муносабат ва алоқада бўлишлари учун биродарлик каби бир ришта билан улар орасини боғлаган. Биродарлик риштаси сабаб бўлиб, инсонлар ўз мўъмин-мусулмон биродарларига яқиндан муносабатда бўлишлари, уларга ўзларининг беминнат ёрдамларини кўрсатишлари, лозим бўлганда... batafsil

Hitoy telefonlari sohta
Xitoy uyali telefon bozorining chorak qismini soxta mahsulotlar egallagan. China Tech Newsning ma’lum qilishicha, birgina 2007 yilning birinchi yarim yilligida Xitoy bozorlarida 23,34 million dona soxta mahsulot sotilgan.
Hozirda xorijning bosh­qa elektronika mollari kabi uyali telefonlar ham Xitoy hududida qonunga zid ravishda ishlab chiqariladi. Dunyoning beshdan bir aholisi istiqomat qilayotgan mamlakat ko‘p yillardan beri elektronika tovarlari qaroqchiligi bo‘yicha mutloq yetakchi sanaladi. Yevropa Ittifoqi versiyasi bo‘yicha Xitoy soxta  tovarlar ishlab chiqarishda birinchi o‘rinda turadi.
 
Da Vinchining yangi sirlari yoki 500 yildan so‘ng amalga oshgan kashfiyotlar
 Italiyalik buyuk rassom va haykaltarosh Leonardo da Vinchiga dunyoni hayratda qoldirish uchun birgina "Mona Liza"ning o‘zi kifoya qilgan edi. Lekin Leonardoning olamni anglashga bo‘lgan qiziqishi uning o‘z davridan ancha ilgarilab ketishiga sabab bo‘ldi. Uning mexanika va boshqa bir qator sohalarda amalga oshirgan kashfiyotlari xuddi betakror asarlari kabi yuksak e'tirofga loyiqdir. Qizig‘i shundaki... batafsil
Qo'lga tushmas qaroqchilar
— Qanaqasidan kerak?
— O‘zi, qanaqalaridan bor?
— Kinolarning  turidan bor. Komediya, boevik, triller, “ujas”, melodrama. Ke­yin bizda ulfatlar bilan yolg‘iz ko‘radigan «anavinaqa» kinolardan ham topiladi.
— Kontsertlardan-chi?
—   Yulduz, Aziza, Gulsanam, Ozodbek, Hojiboy, Mirza...
Suhbat mavzusini anglagan bo‘lsangiz kerak. Bugun istalgan bozor yoxud aholi gavjum joyga bosh suqsangiz, har qadamda audio-video mahsulotlari savdosining ustidan chiqasiz. batafsil
Islom quyoshi portlagan yurt
Toshkent shahri juda ko‘p nufuzli anjumanlar, oliy darajadagi uchrashuvlarga mezbonlik qilgan. Biroq bu galgi xalqaro anjuman barcha tadbirlardan ham esda qolarliroq bo‘ldi. Xabaringiz bor, Toshkent shahri Fan, ta’lim va madaniyat masalalari bo‘yicha xalqaro islom tashkiloti — ISESCO  tomonidan 2007 yilda Islom madaniyati poytaxti deb e’lon qilingan edi. Poytaxtimizda Toshkentda va Samarqandda ana shu quvonchli hodisa munosabati bilan “O‘zbekistonning islom tsivilizatsiyasi rivojiga qo‘shgan hissasi” mavzusidagi xalqaro konferentsiya bo‘lib o‘tdi. batafsil
Coca colada nima bor? www.hurriyat.uz dan olingan
Koka  kola  ichimligi  1885 yil  Jon  Stis  Pemberton  tomonidan  Amerikaning  Jorjiya  shtatida  ixtiro  qilingan. Dastlab  u  “cocawine”, ya’ni kokavino  deb  atalgan.
Kola  ichimligi Janubiy  Amerikadan  keltirilgan koka  bargi va yong‘og‘i hamda kafein qo‘shib tayyorlangan. Shu  bois ham Pemberton ichimlikka “koka kola” deya  nom bergan. batafsil
Bolalarni emlash zararli...
Menga ma’lumki, ommaviy emlashning hatarlari haqida yozar ekanman, bu ko’pchilikka avvaliga anglash qiyin masaladir. Emlovlar o’ta mohirlik bilan maqtalib kelinganligi tufayli aksariyat ota-onalar emlovni bir zamonlar odamlar yuragiga qo’rqinch solgan kasalliklarni bartaraf etgan “mo’jiza” sifatida ko’rishadi.  Shundan kelib chiqib, kimki emlovlarga qarshi chiqsa ahmoqqa chiqarib qo’yiladi.
Bolalar shifokorlarining o’z sohasining asosisy “noni” bo’lib qolgan emlovni shubxaga olish huddi bir hizmatchi o’zining boshlig’iga ig’vo qilishiga o’xshaydi. Batafsil
KIM KO`P GAZETA O`QIYDI?
 
Osiyoda gazeta sotib olish boshqa qit’alardagidan sur’atliroq kechmoqda. Boshqacha qilib aytadigan bo‘lsak, osiyoliklar so‘nggi yillarda gazetani ko‘proq o‘qishmoqda. Jahonda 100 ta xaridorgir gazeta nashr qilinsa, shundan 7/10 qismi Osiyoda chop etilishi gapimizni tasdiqlaydi. Xitoy, Yaponiya va Hindiston davlatlarida bozori chaqqon gazetalar nominini 62 tagacha sanab o‘tishimiz mumkin. O‘tgan yilda gazetalarni sotilishi Osiyoda 1,7 foiz, Janubiy Amerikada 3,7 foiz, Afrikada esa 0,2 foizga o‘sdi.
15 yildan keyin MDHga nima bo'ladi?
Joriy yilning 15 dekabrida MDH tashkil etilganiga roppa-rosa 15 yil to‘ladi. Bugun uning istiqboli ko‘pchilikni qiziqtirishi tayin. Bu savolga javob berishdan oldin, nazarimizda, muhimlikda undan-da qolishmaydigan yana bir savolga javob berish to‘g‘riroq bo‘lur edi: o‘tgan 15 yil ichida MDH davlatlarida nima o‘zgardi?
Sovet Ittifoqi parchalanib ketganidan so‘ng G‘arb davlatlari uchun yangi tashkil etilgan mustaqil davlatlarni, halicha Rossiya harbiy sohada qudratini yo‘qotmagan, iqtisodiyotda esa qo‘shnilaridan qolishmaydigan darajada tanazzulni boshidan kechirayotgan 90-yillar boshida o‘z ta’siri ostiga olishi unchalik qiyin emas edi.
Biroq bu paytda ular negadir shoshilmaslikni afzal bildi. Manfaatlari doirasiga tortishga harakatlar bo‘lsa-da, ba’zi yangi mustaqil davlatlarning G‘arbga moyilligi ham aytarli qo‘llab-quvvatlanmadi. Turli "sheriklik loyihalari"da ishtirok etishdan boshqa narsa taklif etilmadi. Bu kommunizm ustidan qozonilgan g‘alabadan sarmastlik, Frensis Fukuyama ta’biri bilan aytganda, tarix intihosi edi.
Putinning Vorisi kim?
Rossiya parlamentiga maktub yuborgan president bu savolni ochiq qoldirishni afzal bildi
Rossiya jamiyati taruddudda. 2008 yili vakolat muddati yakunlanadigan prezident Vladimir Putin o‘rniga yangi davlat rahbarini saylash taraddudida. Rossiya davlat rahbarining ikkinchi prezidentlik muddati tugayotgan bir pallada mamlakatning katta va kichik siyosiy doiralarida voqealarning kelgusi rivoji qanday bo‘lishi qizg‘in muhokama qilinyapti. Batafsil
AQSH IROQDA G‘ALABA QILOLMAYDI
Iroqda harbiy g‘alabaga erisha olmaydi. AQShning sobiq davlat kotibi Genri Kissenjer ayni shunday bayonot bilan chiqqan.
Siyosatdonning fikricha, Jorj Bush ma’muriyati Iroqda tinch­lik o‘rnatishni istasa, qo‘shni mamlakatlar, jumladan, Eron bilan muloqotga kirishishi kerak. Shu bilan birga Genri Kissinjer Iroq masalasi bo‘yicha BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy a’zolari ishtirokida xalqaro anjuman chaqirish zarurligini ham ta’kidladi.
Prezidentlar Richard Nikson va Gerald Ford davrida AQSh Davlat kotibi lavozimida ishlagan Genri Kissenjer Vetnam urushining tashkilotchilaridan biri sanaladi.  
ZIYOLI QIYOFASIDAGI SIYOSATDON
ZIYOLI QIYOFASIDAGI SIYOSATDON
Bir tomondan, muxtoriyat azaliy raqibi Isroil bilan o‘z tarixiy hududlari uchun kurashmoqda. Ikkinchi tomondan, mamlakatning ichida muxtoriyat raisi Mahmud Abbos yetakchiligidagi FATX va Ismoil Xoniya rahbarligidagi XAMAS  harakatlari o‘rtasidagi hokimiyat uchun kurash qurolli to‘qnashuv darajasiga yetgan. Fuqarolar urushi ostonasiga kelib qolgan jafokash mamlakat uchun bunday sharoitda sulhparvar rahbar juda ham zarur. Ko‘plab tahlilchilar asli adabiyot professori bo‘lgan bosh vazir Ismoil Xoniyaning ziyoli hukumat rahbari sifatida mavjud ixtilofni bartaraf etishiga umid bildirishgan.
1|2|3

 

Linklar
www.islom.uz
www.info.islom.uz
www.muslimaat.uz
www.ziyouz.com
www.mustab.narod.ru
www.muslim.uz
www.madrasa.uz
Bannerlar
Hisoblagich
HotLog
So'nggi yangilanish
Bugun 11:00
Noqulayik...
Saytdagi ma'lumotlar kiril lotin alifbosida yozilib noqulaylik yuzaga keltirganidan uzr so'raymiz...
So'nggi MP3lar

 

 

Bosing!

Internet Map

 

 
All right reserved 2006-2007 designed by mimR soft.Dizayn mualliflik huquqiga ega
 
Hosted by uCoz