Asosiy bo'lim
Do'stlar
Chat
Sayt haqida

Aloqa

Islom
Aqoid
Qu'roni Karim
Hadis
Tarih
Ashoblar
   
Umumiy bo'lim
Downloadlar
Qiziqarli!
SMS lar
Kino olami
Latifalar
Shov-biznes
Tehnologiya
Windows XP
Microsoft Office
Internet
Programmalar...

 

Yoshlarni hamkorlikka chorlaymiz!Biz bilan bog'laning:

murod_bek88@bk.ru

 

Eng ommabop maqolalar:
Putinning vorisi kim? Qurondan tasirlanib...
Windows XP haqida qisqacha... Fatvolar
Al-kimyogar Hiyobon ko'rkidagi dog'
"Qizil diplom"nima beradi ? Kompyuterdan nimaga foydalansiz?
Arafa tunidagi qotillik ? Insonlarga eng ko'p foydasi tekkan inson?
Til o'rgnayapsizmi?Unda quyidagi maslahatlar siz uchun! 2- qism

Kundalik tuting. 

Ruslarda “Povtorenie mat’ ucheniya” degan maqol bor.  Buning ma’nosi “Organishning asosi qaytarishdadir” deganga to’g’ri keladi.  Kundalik tutish so’z va iboralarning takrorlanishiga va hamda so’z boyligining ortishiga ko’mak bo’la oladi.  Chunki avvaliga ayni bilgan so’zlarni qayta-qayta ishlatgandan keyin, yangi so’zlarni ham ishlatib ko’rishga istak paydo bo’ladi.  E’tibor bersangiz, zamonamiz turli-tuman voqealarga to’la – shularni yozib borish bilan odamning hotirasida ishlatilayotgan so’zlar tobora mahkam joy oladi.

 

Mashxur kitoblardan birini o’zingiz bilgan va chet tildagi tarjimasini sotib oling.

Gulliver's Travels
Misol uchun Jonathan Swift degan Ingliz yozuvchisining kitobi jahonning juda ko’p tillariga, jumladan O’zbek va Rus tillariga tarjima qilingan.  Til o’rganmoqchi odam bu kitoblarni varaqma-varaq taqqoslab yangi so’zlarni va hatto jumlalar va gaplar tuzilishini juda tez o’zlashtirishi mumkin.  Bu bilan odam bir o’q bilan ikki quyonni urgan bo’ladi – ham yangi bir narsa o’rganadi, ham so’z boyligini orttiradi.  Shuni ham aytib o’tish kerakki, muqaddas Qur’oni Karim ham jahonning barcha yirik tillariga puxta tarjima qilingan. O’zbekcha bir nechta tarjimasi bor, Inglizchasini esa hatto Internetta topsa bo’ladi.  Qanday ajoyib axir!  Ham Allohning kalomini o’rgansak, ham chet tillarni o’rgansak.  Bitta tilshunos olim huddi shu uslubni qo’llab juda ko’p tillarni qisqa muddatta o’rganib      chiqqan ekan.

 

PSIXOLOGIK DEVORNI YENGIB O’TIB…CHET TILDA TO’XTAMASDAN GAPLASHING!

Chet tillarni o’rganmoqchi odam ko’p, o’rganayotganlar ham son mingta, lekin chet tillarini bilganlar yurtimizda juda kam.  Chet tilini bilish deganda, ayniqsa o’sha tilda bemalol gaplashishni nazarda tutyabman.  Huddi suzishni suvda suzibgina o’rganish mumkin bo’lgani kabi chet tilda gapirishni boshqalar bilan gapiribgina o’zlashtirish mumkin.  Afsuski, aksariyat yoshlar chet tillarni o’rganadiyu, lekin uni ishlatishga kelganda to’xtab qoladilar.

Masalan, yurtimizda hozir eng mashxur chet til bo’lgan Inglizchaga to’xtalaylik.  Til o’rganishda psihologic bir devor borki, u odamlarni dadil so’zlashishdan to’sib turadi.  Til o’rganayotgan paytida yoshlar o’zaro o’sha tilda tinmasdan gaplashishga harakat qilishlari kerak.  Hatolar bo’lishi aniq, lekin bular gaplashishdan to’xtatmasligi kerak. 
Til o’rganayotganlar ommaviy transportta, telefonda, va o’zaro muloqotlarda iloji boricha  o’sha chet tilda so’zlashishga harakat qilishlari kerak.  Shundagina jumlalar, so’zlar va iboralar hotirada yaxshi saqlanib qoladi.  Yoshlarimiz o’ta uyatchan.  Buning hech yomon joyi yo’q, lekin uyatchanlikning ham o’z o’rni, joyi bor, do’stlarim.  Bema’ni kiyinishdan, tuturiqsiz gaplarni gapirishdan, boshqalarga xurmatsizlik qilishdan, yolg’on gapirishdan, va shu kabi illatlardan UYALISH kerak.  Chet tilda gapirishdan uyaladigan bo’lsak, qanday qilib gapirishni o’rganib bo’ladi?  Buni ta’lim soxasida PSIXOLOGIK BAR’YER yani DEVOR deb aytiladi.  O’shani ongingizda yengib o’ttingizmi, gapirib ketasiz.  Huddi yurishni o’rganayotgan murg’ak boladek ilk qadamlar qiyin bo’ladi, hatolar ko’p bo’ladi, lekin olg’a yurish kerak va zarur!


Bekatlarda va jamoat transportida vaqtingizni zoe ketkazmasdan, Chet tilini mashq qiling.  Ba’zilar bunga kulimisrab qarashi mumkin, lekin barcha havas qilishi aniq!

 

Chet Tilni Yuqori darajada O’zlashtirganligingizning Ba’zi Belgilari:

Sanaganda o’sha tilda sanayverasiz.  Ko’pchilik odamlar pul yoki narsa sanaganda o’zining ona tiliga tortib ketadi.  Bu tabiiy hol.  Lekin chet tilni tobora chuqur o’rgangan sari odam hatto sanashni ham adashmay chet tilida gapirib yo aqlan bajaraveradi.  Fikrlashda ham shunday.  Chet tilini hali yaxshi bilmagan odam avval o’z ona tilida gap tuzib oladi-da, keyin o’sha gapni chet tilga tarjima qilishga kirishadi.  Chet tilini mukammal egallay boshlagan inson esa gaplarini va fikrlarini o’sha chet tilda tuzaveradi, va ikkilanmasdan, to’xtamasdan gapiraveradi.  Bu juda katta ahamiyatga ega.  O’lkamizning siyosiy, xalqaro iqtisodiy aloqalarida aynan mana shunday insonlarga ehtiyoj juda katta.

 

O’sha tilda she’r yoza boshlaysiz.  Chet tilni mukammal o’rganganingizning yaqqol belgilaridan biri o’sha tilda bemalol she’r yoza olishingizdir.  Quyida men Inglizchada yozgan ilk sherimni sizlarga taqdim etmoqchiman:

Other paths attract me more than the Straight Path does
            – I am afraid something is wrong with me…
Other melodies touch my heart more than Your Words do
            -  I think something is wrong with me…
Worldly affairs keep bothering me more than those of the Hereafter
            - I believe something is wrong with me!
Thanks, O Lord for letting me know that something is wrong with me…

Tashkent, 1997

 

CHET TILDAGI QO’SHIQLARNI TINGLAB, SO’ZLARINI TUSHUNISHGA VA YOZIB BORISHGA HARAKAT QILING.

Ko’pchilik chet tildagi qo’shiqlarni faqat jozibasi va ohangi uchun eshitadi, lekin sizning maqsadingiz aytilayotgan gaplarni tushunish bo’lishi kerak.  Bir do’stim yugurish haqida gapirib, agar odam tepalikka yugurishni mashq qilsa, tekis yo’lda unga yetadigani bo’lmaydi deb aytgandi.  Haqiqatta ham shunday: odam tepalikka yugurganida (adir yoki tog’) muskullariga qo’shimcha og’irlik tushadi, va yugurishni qiyinlashtiradi.  Huddi shunga o’xshab, turli sozlar ohangida aytilgan gaplarni anglab olishni o’rgansangiz, ma’ruza va suhbatlarda chet elliklarni tushunish yanada oson bo’ladi.  Musiqa uskunasiga quloqqa taqadiganlarni taqib, ayni qo’shiqni tushunguncha qayta-qayta eshitish foyda beradi.  Avvaliga klassik, sekinroq aytiladigan qo’shiq bilan boshlash kerak.  Gaplarni eshitib tushuna olishlik juda muhimdir.  Ko’p talabalar standardlashtirilgan chet tili imtixonlarida (IELTS, GMAT, va boshqalar) aynan shu borada ko’p adashadilar. 

INTERNETTAN CHET TILDAGI VIDEOLARNI TOMOSHA QILING
Mening eng yoqtirgan saytlarimdan biri harunyahya.com.  Bu sayttan Ingliz tilidagi qator videolarni olib, ko’rish mumkin.  Videoning MP3 va boshqa ovoz tasmalaridan afzalligi shundaki, ko’p so’zlarni konteksttan, ya’ni vaziyattan kelib chiqib tushunib ketish mumkin.  Buning foydasi shundaki, har bir yangi so’zga lug’at titkilab yurmaysiz. 

 

LUG’AT BILAN ISHLASHNING BIR USULI – Mamurjon Usuli
Til o’rganuvchilar bir nechta lug’at sotib oladilar.  Ko’pincha bu lug’atlar asosan kitob javoniga ko’rk berish bilan ovora bo’ladi.  Ba’zan esa uyni bir burchagida chang bosib turadi.  Buni ko’p kuzatganman.  Odamlar kitobni shu qadar avaylaydiki, huddi yetti avlodiga yetishi kerakday.  Menda unday emas.  Ayniqsa gap lug’atlar haqida ketganda, talabalarga aytadigan gapim shu:  lug’atni shu qadar ishlatingki, eskirib, titilib ketsin.  Varoqlari eskirib, chizilaverib, buklanaverib uzilib ketsin.  Bu darajada siyqasi chiqishi uchun lug’atni o’zingiz bilan ko’tarib yurishingiz kerak hamisha.  Va nafaqat ko’tarib yurish, balki har qayerda bo’sh vaqtingiz bo’ldimi lug’atni ochib yangi so’zlarni yodlashga kirishing.  100000ta va undan ham ko’p so’zdan iborat ulkan lug’atlarni ko’tarib yurish juda noqulay.  7000ta so’zdan iborat kichikroq, ixchamroq lug’atlar keng tarqalgan.
Hozir men sizga yangi so’z o’rganishning Mamurjoncha usulini o’rgatmoqchiman.  Qo’lingizga qalam oling, oddiy qalam.  Siz bu qalam bilan hozir lug’atga chizasiz.  Siyohli avtoruchka ham bo’laveradi.  Havotirlanmang, bolangizga boshqa lug’at olilb berasiz.  Kitobga chizish, yozish jinoyat emas (o’z kitobingiz bo’lsa albatta).
To’gri kelgan betni ochingda bilgan so’zlaringizni ostiga chizib qo’ying.  Keyingi betga o’ting.  20tadan bitta bilganiz chiqyabdimi?  Yo 100tadan bittami? Bo’sh vaqtingizni shu ishni takrorlayvering.  Ikkinchi safar ayni betga kelganingizda avvalgi safar bilmagan so’zingizni yana bir bor ko’rasizda takror ko’rgandan keyin yod bo’lib qolganini anglab yoqa ushlaysiz…  Odamda NAFS degan narsa bor, NAFSni to’g’ri ishlatsa juda foydali natijalarga olib keladi.  Bu usulning mohiyati shundaki, odam chizgan sari yanada ko’proq so’zni “BILDIM” deb chizib qo’ygisi keladi.  Bu NAFSning tabiiy namoyon bo’lishi.  Vaqt o’tishi bilan ba’zi varaqlarda chizilmagan so’z qolmaydi.  Qarabsizki bir necha oyda 7000ta so’zdan sizga notanishi deyarli qolmaydi!  Ana o’shanda 100000talik lug’atni ko’tarib yurishingizga to’gri keladi.

HIKMATLI SO’ZLARNI VA MAQOLLARNI TO’PLAB YURING.  Turli millatlarda juda ko’p maqollar va hikmatli so’zlar to’plangan.  Bularni yozib, yodlab, tahlil qilib yurishga odatlaning.  Gap shundaki bu kabi gaplarni eng chiroyli so’zlar va uslublar bilan tuzib chiqiladiki, ularni o’rni kelganda ishlata olsangiz tinglovchiga qattiq ta’sir o’tkazish mumkin.  Mana masalan Amerikada tarqalgan bir hikmatli gap: “Popular things are not always right, and right things are not always popular…”  Ho’sh, bu bir dasta durga o’xshagan gapga nima deysiz?  Tahlil qilib ko’ringa! Bu so’zlarda qancha hikmat yotibdi.  Har bir tilda shunday gapirishga tirishingki, har bir so’zingiz duru-gavharlar kabi bebaho va serjilo bo’lsin!  Iloji boricha bu kabi hikmatli gaplarni kim va qachon aytganligini ham yozib, yodlab qolishga harakat qiling.  Maqolam so’ngida “TERMINATOR 3” filmida jallod robot ro’lida o’ynagan Arnold Schwarzeneggerning O’Connorga aytgan mashxur so’zlari bilan (balki vaqtinchalik) yakunlamoqchiman:

“YOU AIN’T SEEN NOTHING YET!!!”

 

CHET TILI GRAMMATIKASINI O’RGANISHDAN AVVAL O’Z TILINGIZNING GRAMMATIKASINI PUXTA O’ZLASHTIRING!
Ko’pchilik til o’rganuvchilar O’zbek tilini unutib bo’lsa ham chet tilni o’rganishga oshiqadilar.  Bu katta xato.  Shaxsan o’zimning, va mening Ingliz tili o’qituvchi Ibrohimjon aka Muminovning tajribasiga binoan, inson ona tilini bilmay turib chet tilni puxta o’rgana olmaydi.  Inson olmosh, ega, kesim, to’ldiruvchi, xol, fel, ot va shu kabi qator grammatikaga oid narsalarni avvalambor O’zbekchada tushunib olmas ekan, chet tilni anglash va ishlatish juda qiyin kechadi.  Shunday ekan o’rta maktab ona tili darsliklarini yaxshilab qayta o’qib chiqishingizga to’gri keladi.  Odam gapiraversa grammatikani bilib olavermaydi.  Grammatika xuddi yo’l xarakati belgilari va qoidalariga o’xshaydi.  Uni mukammal bilish uchun qoidalarni, kitoblarni batafsil o’rganib chiqish zarur bo’ladi.  Har safar chet tilining grammatikasini o’rganar ekansiz, O’zbekchada nimaga to’gri kelishini ham o’ylab ko’ring, o’shanda grammatika xotirangizda yanada puxta o’rnashib qoladi.  Albatta turli tillarning grammatikasi bir-biridan farq qiladi – shu farqlarni anglashlik ham til o’rganishni yanada qiziqarli bo’lishiga olib keladi.  www.yourdictionary.com sahifasida jahonning ko’plab tillarining lug’atlari va grammatikasi keltirilgan.

XOTIRA VAROQCHALARI
Odam yozganda yangi so’zlar xotirada ancha yaxshi saqlanib qoladi.  Shaloqday keladigan varoqchalarni sotuvda topolmasangiz, o’zingiz chizmachilik qog’ozini qirqib shunday varoqchalarni tayyorlashingiz mumkin.  Asosiysi bu varoqchalar cho’ntakka sig’adigan va ancha-munchaga siyqasi chiqib ketmaydigan bo’lsin.  Varaqchalarni quyidagicha ishlating:

  1. Bir tarafiga yangi so’zning o’zini katta harflar bilan yozib chiqing.  Kichikroq harflar bilan sinonim so’zlarni ham yozib qo’yishingiz mumkin asosiy so’z ostiga.
  2. Orqa tarafiga esa o’sha so’zning talaffuz etilishi, ma’nosi va 1-2 ta ishlatilishiga misollar yozib qo’ying.

Bu vaoqchalarni doimo o’zingiz bilan olib yuring.  Birinchi tarafiga qarab so’zni o’qing, va ma’nosini eslashga harakat qiling, so’ngra varoqni orqa tarafiga qarab o’zingizni tekshirib ko’ring.  Agar bir nechta do’st birgalikda bu mashqni qiladigan bo’lsa yanada qiziqroq bo’ladi! Shu bilan birga ancha ko’proq yangi so’zlarni qisqa muddatta qog’ozga tushishiga olib keladi.  Ular bu varoqchalrni o’zaro alishtirib tobora yangi so’zlarni o’rganib borishlari mumkin bo’ladi.
Ko’pgina lug’atlar har bir so’zga 1-2 ta misol berib o’tadi.  Agar sizning lug’atingizda bunday misollar kam bo’lsa yoki umuman keltirilmagan bo’lsa, www.dictionary.com sahifasiga kirib

SURATLI LUG’ATLAR


 

 

bone

 

brain

 

ear

Suratli lug’atlar juda ko’p narsalarni yodlashda qo’l kelishi tayin.  Agar siz bunday lug’at topolmasangiz – o’zingiz tuzib chiqing!  Rassomchilik san’atingizni ko’rsating.  Agar chizish qo’lingizdan kelmasa internettan yoki eski gazeta va kitoblardan suratlarni topib daftarga yopishtirib, ostiga nomini yozib chiqishingiz mumkin.  Bunday lug’atni daftarga qilgandan ko’ra yuqorida aytilgani kabi ko’tarib yuriladigan varoqchalarga tushirish yanada maqsadga muvofiqdir.  Internetta www.pdictionary.com (Inglizcha, Ispancha, Fransuzcha, Nemischa va Italyancha) sahifasidan foydalaning.
Bu kabi sahifalardan tayyor surat va so’zlarni printerdan qog’ozga tushirishlik ham mumkin, lekin qo’lda chizishlik va yozishlikka yetmaydi.  Chunki qo’l bilan yozganda qo’shimcha sezgi ishga tushadi – ya’ni barmoqlar so’zni sezadi…  Albatta hamma narsani ham tasvirlab bo’lmaydi – asosan buyumlar va narsalarni shu usul bilan yodlash qo’l keladi.  Lekin keyingi paytta hatto xis-hayajonni ham tasvirlanmoqda.
Masalan, mana HAPPY (HURSAND) so’zining bir tasviri:

TABIIY SO’ZLASHINGIZ UCHUN HAR BIL TILGA HOS BO’LGAN IBORALARNI TO’PLAB, O’RGANIB YURING (IDIOMS).
Har bir tilda o’ziga xos iboralar mavjud.  Bitta o’ris tarjimon O’zbekcha “Mol kavsh qaytaryabdi” degan iborani Ruschaga to’gridan-to’gri tarjima qilib “Korova vozvrashchayet tapochki” deb yozib qo’ygan ekan…  Shuning uchun ko’plab mazmunlarni chet tillarda aynan qanday ishlatilishini bilish kerak.  Masalan, men ancha payt “Qosh qo’ymoqchi bo’lib, ko’z chiqarib qo’yibdi” degan O’zbekcha iborani Inglizchasini topolmay yurdim.  Nihoyat yangiliklar o’qiyotganimda (Zimbabwe Iqtisodi haqida) topib oldim: “To cut the nose to spite the face” bo’lar ekan.  Buni O’zbekchaga tarjima qiladigan bo’lsak taxminan “Yuzni go’zal qilaman deb burinni qirqib tashlash” bo’larkan.  Shunday nozik iboralarga e’tibor berish kerak.  Bunday iboralarni lug’at va kitoblardan topish qiyin, ko’pincha ularni topishning eng tez yo’li o’sha chet tilda so’zlashadigan odamga qaysi iborani tarjima qilishingizni, va o’z tilingizda bu taxminan nimani anglatishini aytishdir.

YANGI SO’ZLAR TAXTASI
Darsxonangizning ko’rinib turadigan joyiga katta chizmachilik qog’ozini yopishtirib qo’ying va har kuni yangi so’z va iboralarni yozib boring.  Rang barang va yorqin siyohlardan foydalaning.  Katta-katta yozing.  Bo’yoqlar bilan naqsh bering… Dars qilayotganda odamning ko’zlari toladi va atrofga alanglaydi – ayni o’sha paytta yangi so’zlar va o’rgangan so’zlaringizga qarab qo’yishlik bilan xotirangizda ushbu so’zlar yanada maxkamroq o’rin tutishiga imkoniyat paydo qilgan bo’lasiz.  Bu “Yangi So’zlar Taxtasini” turli chizmalar bilan boyiting (yuqoridagi suratli lug’atlar kabi), va sinonimlarni orasiga yashil, antonimlarni orasiga qizil chiziqlar chizib qo’ying.  Birga ishlatiladigan so’zlar orasiga esa ko’k chiziq chizing.  Bu ulkan qog’oz to’lganida bir haqiqiy san’at asari vujudga keladi!

UYINGIZDAGI BARCHA NARSANI NOMLAB CHIQING!
Bunisi ham juda ajoyib usul.  Bilasizki hozirda sotuvda bir cheti yopishqoq qog’ozchalar sotiladi – ular asosan sariq rangda bo’ladi.  Shu qog’ozchalardan bir dastasini sotib olib, uyingizdagi narsalarni nomini KATTA qilib to’q rangli siyoh bilan yozib chiqing, va o’sha qog’ozchanni o’sha buyum ustiga yoki yoniga yopishtirib qo’ying.  Masalan, ESHIKka Inglizcha “DOOR” deb yozib yopishtirib qo’ying.  SOATni oldiga yoki chetiga “CLOCK” deb yozib yopishtirb qo’ying.  PARDA oldiga “CURTAIN” deb yozib yopishtirib qo’ying, va xokazo.  Biroz vaqt o’tgandan keyin atrofga qarasangiz butun uyingiz bir ulkan DARSXONAga aylanib qoladi, shuning uchun uyingizga kiraverishga “THIS IS MY SCHOOL” deb yozib qo’ysangiz ham bo’laveradi!!!

ESKI RADIONI TIKLANG!

Yoshlarimiz asosan FM (ya’ni qisqa to’lqinlar) to’lqinlarini eshitishga odatlanib bormoqda.  Butun dunyoda FM to’lqinlari asosan musiqa uzatish uchun ishlatiladi.  Buning sabablaridan biri FM to’lqinlar tovushni nihoyatta aniq uzatishidir.  Lekin FM to’lqinlari uzoq masofalarga yetmaydi.  AM (uzun to’lqinlar) to’lqinlardan esa asosan suhbatlar, yangiliklar, hikoyalar va shu kabi radio dasturlarini ommaga uzatishda foydalaniladi.  Chunki AM bu ma’lumotlarni uzoq masofaga uzatishda qo’l keladi.  Men yoshlarni AM to’lqinlarini eshitishga undamoqchiman, chunki Arab tilini o’rganuvchilar turli horij o’lkalaridan Arab tilida, Ingliz tilini o’rganuvchilar Ingliz tilida (va hokazo) dasturlarni tinglashi mumkin. Hozirda ko’tarib yuriladigan radiolar keng tarqalgan.  Lekin ular nihoyatta kuchsiz.  Shuning uchun uyingizda balki ishlatilmay yotgan eski radiolarni ta’mirlab, uzun va kuchli antennaga ulab radio to’lqinlarida o’zingiz o’rganayotgan tildagi dasturlarni izlang.  Har kuni kamida yarim soat radio tinglashlik chet tilini yanada yaqxshiroq o’rganishingizda katta omil bo’ladi.

TIL BOZORI – BARTER:

Hozirda dunyo Globallashayotgan zamonda yashayapmiz.  Ham G’arbda va ham Sharqda turli tillarni bilishni, o’rganishni istagan insonlar ko’payib bormoqda.  Ayniqsa bundaylar yoshlar orasida juda ko’p.  Internetta shunday insonlarni bir yerga olib keladigan internet sahifalari talaygina.  Misol uchun quyida ro’yxati keltirilgan sahifalarga kirib siz bitta yoki bir nechta odam bilan TIL BARTERINI (ya’ni pul to’lamsdan, mahsultolarni to’gridan-to’gri alishitirish) amalga oshirishingiz mumkin, ya’ni siz unga o’z bilgan tillaringizni va siz topgan odam sizga o’zi bilgan tillarni o’rgatadi.  Shu orqali hali qanchadan-qancha do’st orttirishingiz mumkin bo’ladi! 

http://www.polyglot-learn-language.com

http://www.mylanguageexchange.com

http://www.sharedtalk.com

http://www.conversationexchange.com/

 

AUDIOKITOBLARDAN FOYDALANING!

Audiokitoblar bu kitoblarning birorta odam tarafidan o’qib audio tasmaga yoki kompakt disk (CD) ga yozilgan ko’rinishidir.  Audiokitoblar ikki turli bo’ladi: 1)  Kitobning to’laligicha o’qilgani; 2) Kitobning qisqartirilib, faqat eng muhim joylariga urg’u berib yozilgani.  Siz bunday audiokitoblarni chet elda ta’lim olayotgan va ishlayotgan do’stlaringiz orqali harid qilishingiz mumkin.  Yoki bo’lmasa o’sha tilni yaxshi bilgan va talaffuzi juda ravon bo’lgan tanish yoki do’stingizdan iltimos qilib, birgalikda chet tilida yozilgan hohlagan kitobingizni yozib olishingiz mumkin.  O’ylab qarang axir!  Atigi 20 yil avval ilm olayotgan talabalar bunday imkoniyattan mahrum bo’lganlar.  Albatta u paytta ham ovoz yozish va chiqarish vositalri bo’lgan, lekin yo’lda eshitmoqchi bo’lgan odam, bahaybat magnitolalarni ko’tarib yurishga majbur bo’lgan.  Magnitolalar nafaqat o’gir balki qimmat ham bo’lgan.  Hozirgi kunda ishlab chiqarish texnologiyalarining rivojlanib ketganligi natijasida WALKMAN va CD-Playerlar juda arzon bo’lib ketgan.  Hozirda MP3 playerlarning narxi ham ko’pchilik uchun unchalik qimmatlik qilmaydi.  MP3-Playerga 700ta qo’shim joylab olgandan ko’ra mashxur audiokitoblardan to’rttasini chet elda o’qilganini joylab olsalar bo’lmaydimi?  Shu kabi zamonaviy ovoz uskunalaridan bizni yoshlar ilm olishda yaxshi foydalanmayabdilar!  Aksariyat yoshlar asosan “Yondim! Kuydim!” degan ashulalarni eshitish bilan ovora…Halqimiz “oqqan suvni qadri yo’q” deb juda to’g’ri aytib qo’ygan eka.  Zoe ketgan yoshlikni ham, bema’ni qo’shiqlarni yangratib eskirgan MP3-Playerni ham “oqqan suv” ga o’xshatsak bo’laveradi.

 

 

Linklar
www.islom.uz
www.info.islom.uz
www.muslimaat.uz
www.ziyouz.com
www.mustab.narod.ru
www.muslim.uz
www.madrasa.uz
Bannerlar
Hisoblagich
HotLog
So'nggi yangilanish
Bugun 11:00
Noqulayik...
Saytdagi ma'lumotlar kiril lotin alifbosida yozilib noqulaylik yuzaga keltirganidan uzr so'raymiz...

 

 
All right reserved.Designed by mimR soft 2006-2007.Dizayn mualliflik huquqiga ega.
 
Hosted by uCoz