Asosiy bo'lim
Do'stlar
Chat
Sayt haqida

Aloqa

Islom
Aqoid
Qu'roni Karim
Hadis
Tarih
Ashoblar
   
Umumiy bo'lim
Downloadlar
Qiziqarli!
SMS lar
Kino olami
Latifalar
Shov-biznes
Tehnologiya
Windows XP
Microsoft Office
Internet
Programmalar...

 

Yoshlarni hamkorlikka chorlaymiz!Biz bilan bog'laning:

murod_bek88@bk.ru

 

Eng ommabop maqolalar:
Putinning vorisi kim? Qurondan tasirlanib...
Windows XP haqida qisqacha... Fatvolar
Al-kimyogar Hiyobon ko'rkidagi dog'
"Qizil diplom"nima beradi ? Kompyuterdan nimaga foydalansiz?
Arafa tunidagi qotillik ? Insonlarga eng ko'p foydasi tekkan inson?
Til o'rgnayapsizmi?Unda quyidagi maslahatlar siz uchun! 3- qism

 

MAKTUB YOZING…
Agar Internetga doimo oson ulanolmasangiz, siz o’zingizning chet ellik do’stlaringizga AVIA-POCHTA orqali hat yozib turishingiz mumkin.  Dunyoning deyarli barcha chekkasiga hatlar tahminan 10 kunda yetmoqda.  AVIA-POCHTA ham tez ham arzon (Oz’bek Pochtasidan oddiy hatni AVIA-POCHTASI Amerikaga 750 so’m).  Hat yozishlik til bilishlikning juda muhim qirrasidir.  Hat yozganda ham oddiy qogoz-qalam bilan yozing, chunki masalan Ingliz tilida yozganingizda comyuter sizni hatolaringizni aytib turadi, natijada esa o’zingiz so’zni aniq yodlab qolishga erinadigan bo’lib qolasiz.  Umuman olganda ham har qanday bilimni egalashda texnikaga sira ham o’rganib qolmang.  AQShda elektr to’ki o’chsa ba’zi maktablarda darslar bekor qilinadi – chunki compyuterlar ishlamaydi.  Kalkulyatorni Batareykasi tugab qolsa deyarli barcha o’quvchilarning matematikadan bahosi tushib ketadi – sababi ular hayolan yoki qog’ozda hisob-kitob qilolmaydi.  Hatto universitetlarda ham deyarli ayni ahvol.  Shuning uchun avvalo o’zingizga ishoning, texnika esa ikkilamchi narsa bo’lib qolsin.  Yana bir muhim niqta: xat yozganingizda qora qog’oz ishlatib, yoki fotokopiya qilish bilan hatingizni nusxasini olib qo’ying.  Bu bilan keyinchalik hatingizni yana tahlil qilishingizga imkoniyat paydo bo’ladi.

XOTIRANGIZNI O’TKIRLAB OLING!
 Avvalgi keltirilgan usullarning ko’pchiligi nafaqat til o’rganishda, balki, agar to’g’ri qo’llanilsa, har qanday ilmni egallashda ko’mak bolishi mumkin.  Hozir sizga aytib beradigan usulim esa albattaki barcha tolibi-ilmlarga ta’lluqli.  Shuning uchun ushbu yerdan boshlab maqolaning nomini kengaytirib “ILM QAL’ASINING QAMALI” desak to’g’riroq bo’ladi…
Masalani sizga bir masal bilan anglatmoqchiman.  Ikki o’tinchi (kuchlari ham teng, asboblari ham) ayni paytta ayni qalinlikdagi  ikki daraxtni aralay ketibdi.  Ulardan birinchisi bir daqiqaga ham to’xtamay aralashga kirishibdi, ikkinchisi esa besh-o’n daqiqa  to’xtab, dam olib ishlarkan.  Sizningcha qaysinisi o’z daraxtini birinchi qulatgan?  Qarangki, to’xtab, dam olgani tezroq bitirgan ekan ishni!  Buning sababi uning kuchida yoki arrani qanday tortishida emas, balki uning har to’xtagan paytida o’z arrasini qayroq to’sh bilan o’tkirlab olishida bo’lgan ekan!   Haligi to’xtamay qilingan harakatlar esa agar arra o’tmaslashib qolsa qanchalik foyda berardi? Siz ham muhtaram ilm tolib va tolibalari, faqat o’zingizni hotirangizdan shikoyat qilavermay, xotirani yanada o’tkirlash yo’llarini izlang.  Aytingchi kim Arnold Shvartzneggerga o’xshagan muskullar bilan tug’ilgan?  Hech kim! Kuchli muskullarga mashq bilan erishiladi.  Huddi shunga o’xshab kuchli xotiraga ham mehnat bilan erishiladi.  Men har safar dars boshlashimdan avval o’quvchilarga xotirani yaxshilash usullarini o’rgatishga harakat qilaman.  Hozirda G’arbda bunga ancha katta e’tibor beriladi, bizning maktablarda esa bu muhim ishga deyarli umuman e’tibor qaratilmaydi, maxsus o’qish usularini taxsil beruvchi darslar va darsliklar yo’q.  Hamma o’zicha, o’zi bilganini qilib, bir amallab o’rganadi o’z sohasini.  Sharqda ham ota bobolarimiz o’tkir xotirasi bilan ajralib turganlar.  Allomalarimizdan biri Qur’oni Karimni yodlagan paytida bir tarafini qo’li bilan yopib turar ekan, chunki unday qilmasa ikkala varoqni teng yodlab qo’yishi mumkin ekan!
Eng yaxshi xabarni aytaymi? Dunyo bino bo’lib hali hech kimning dunyoda xotirasi to’lib qolgan emas.  Inson imkoniyatlarini tadqiqot qiluvchi olimlar Dunyodagi eng katta kutubxonada saqlanayotgan millionlab kitoblar ham bitta odamning xotirasiga sig’ib ketishini e’tirof etmoqdalar.  E’tibor beringa!  Sig’ib ketar ekan, siqqandan keyin to’lib qolar ekan demayabdi.  Bilasizmi, aytishlaricha Napoleon Bonapart o’zining GRANDE ARMEE, ya’ni bir necha yuz mingdan iborat lashkarining HAR BIRINI ismini yoddan bilgan ekan!  Albatta u odam undan tashqari ham judayam ko’p narsani yoddan bilganligi aniq.

 

Qanday mukammal maxluq ekan INSON degani?  Axir hecham xotirasi to’lmaydigan telefon yoki kompyuterni tasavvur qila olasizmi?  Peshonagizni ichida o’shanday kompyuter deyarli ishlatilmay yotibdi!  Mashxur so’z ustasi Xojiboy aka (ha qiziqchi emas, aynan so’z ustasi) ning bitta askiyasi bor:  Bir joyda kallalar sotilyabdi ekanda, Yapon kallalari rossa arzon emish, O’zbek kallalari esa judayam qimmat emish.  Sababini so’rashsa, sotuvchi “O’zbek kallalari deyarli ishlatilmagan, yap-yangi” der emish! 

Xotirani yaxshilashning ham fizioligik (jismoniy), va ham ma’naviy taraflari bor.  Keling xotiramizning markazi bo’lmish inson miyyasi haqida so’z yuritaylik.  Fiziologik atrafdan olib qaraydigan bo’lsak, insonning miyyasi tana og’irligining taxminan 3 foizinigina tashkil qilishiga qaramasdan, tanaga kirayotgan havodagi kislorodning 20-25 foizini iste’mol qilar ekan.  Bundan juda bir muhim xulosaga kelish mumkin: kislorod miyya faoliyati uchun o’ta muhim moddadir.  Shunday ekan toza havoda mash qilib qaytgach olinadigan ilmni miyya ancha faollik bilan egallashi tayin!  Undan tashqari o’tirgan honangizda ham xona havosining tozaligi o’ta muhim.  Xotira bo’yicha yozilgan kitoblardan O’zbekistonda topish mumkin bo’lgan bir juda ajoyib qo’llanmani sizlarga tavsiya etmoqchiman.  U Viktor Pekelis tomonidan 1980-yillarda yozilgan “Kak Naiti Sebia” kitobidir.  Ushbu kitob nafaqat xotira balki inson hayotining ko’plab sohalari, xususan insonlararo munosabatlar, ilm olish, mash qilish va shu kabi sohalarni ham o’z ichiga olgan.  Ayni muallif xotira va boshqa inson qobiliyatlari haqida o’zining “Tvoi Vozmozhnosti, Chelovek!” degan kitobida ham batafsil fikr yuritgan.  Agar adashmayotgan bo’lsam, o’sha muallif miyyani kislorod bilan yaxshiroq to’yintirish uchun kuniga bir nech marta boshni pastga egib turishni tavsiya etgan – bu bilan ko’proq kislorod qon bilan miyyaga oqib kelib, miyyaning roxatlanishiga olib kelar ekan…  Xotirani teranlashuviga omil bo’luvchi ovqatlar va mevalar haqida ko’plab kitoblarda yozilgan.  Men bunga faqat shuni qo’shmoqchiman: O’zbek ovqatlanish tarzi miyya uchun kerakli bo’lgan ko’plab moddalarni yetkazib berar ekan.  Misol tarzida keyingi maqolalarimning birida xususan PALOV haqida batafsil yozmoqchiman.

BOYO’GLIMISIZ yoki BULBUL?

Psixolog olimlar insonlarning faoliyat darajasi bo’yicha asosan ikki turga bo’linishini kuzatishlarda aniqlaganlar.  Ushbu qismda o’sha ikki xil odamlar haqida to’xtalmoqchiman.

Ruschasiga JAVORONOK deyiladi. Men bulbul deb o’zgartirdim, chunki bulbul ham saharchi qushdir.  Bulbulning eng chiroyli sayrash payti asosan sahar paytidir.  Kunduzi ham sayraydi, lekin kechga kelib ayniqsa qorong’uda bulbul kamdam-kam sayraydi.  Shu kabi bulbulsifat odamlar ham asosan ishlarini sahar payti, subhidamda yaxshi bajaradilar.  Ilm olishga kelganda ham sahar payti ularning butun qobiliyatlari namoyon bo’ladigan payt.  Soat kechki 8-9 larni ko’rsatgan paytida ularni uyqu o’ziga tortadi.

Boyo’gli deb bejiz aytilmagan.  Boyo’glilar odatta kunduzi yaxshi ko’rmagani uchun butun tirikchiligini shomdan keyin amalgam oshiradi.  Boyo’g’li deb ataladigan insonlarning faoliyat darajasi kechga yaqin va tunda nihoyatta avjga chiqadi – ushbu paytta mashq qilish, ilm olish va boshqa shaxsiy ishlar bilan shug’ullanish maqsadga muvohiqdir.  Hususan miyya ham kechki payt, oqshomda, va kechasi bilan juda yaxshi ishlaydi.  Boyo’g’lisifat odamlar kunduzi ham bemalol faoliyat ko’sataveradi, lekin sahar payti unchalik sermahsul bo’la olmaydilar.  Men maktabni bitirguncha, va undan keyin universitetni bitirguncha sahar turib, toza-sof miyya bilan dars qilishga tirishdim, lekin mening qo’limdan bu narsa hecham kelmadi.  Garchi erta saharda turib biroz mash qilsam ham, qaytib kelib quyosh chiqqanidan keyin albatta bitta uxlab olmasam hecham kunduzi o’zimni yaxshi his qilolmayman.   Taxminimcha, hozirgacha o’rgangan barcha bilimlarimning 90 foizini tunda o’tirib o’rganganman deb o’ylayman.  Tunda atrof tinch, kamida 5-6 soat vaqt bor tonggacha…  Dars qilgani Juda ajoyib payt, menimcha!

Shunga amin bo’ldimki, odam tabiatiga qarshi yura olmas ekan.  Yuqoridagilarni tahlil qilib siz ham bulbul yoki boyo’g’li ekanligingizni aniq bilib olingda, o’z mashq va dars jadvallaringizni shunga qarab tuzib chiqing.  O’shanda o’zingizning imkoniyatlaringizdan imkon qadar to’g’ri va unumli foydalangan bo’lasiz.

 

SINONIMLAR, SINONIMLAR, va yana SINONIMLAR!

Bilasizmi, O’zbek tilida odamning yuzini ifodalovchi kamida yettita so’z mavjud?  Bular: YUZ, AFT, SHIXT, BASHARA, TURQ, SIYMO, BET.  Bularni barcha O’zbeklar ham bilavermaydi.  Sizlar chet tilni o’rganayotganingizda, albatta har bir yangi so’zning kamida bitta sinonimini biling – yani har bir narsani kamida ikkita so’z bilan ifoda eta olishingiz zarur.  Boshqalar bilan gaplashganingizda e’tibor bering: qayta-qayta ayni so’zni takrorlayverishlik o’sha odamning so’z boyligi juda kam ekanligini ko’rsatadi.  Yozishda ham shunday.  Chet tilda hat yoki birorta hujjatni yozar ekansiz hadeb bir xil so’zlarni ishlataverish, xususan Ingliz tilida gapni har safar “I” (ya’ni “MEN”) deb boshlayverishlik juda hunuk chiqadi.  Sininimlarni bilgan odamning nutqi ham ravon bo’ladi, chunki bitta so’zni unutib qo’ysa, shunga o’xshaganini ishlatib to’xtamasdan gapirib ketaveradi. 
MEN YANA BITTA TIL BILISHIMNI BILMAY YURGAN EKANMAN!
Men sizlarga taqdim etgan usullarning aksariyatini Ingliz tilini o’rganish jarayonida qo’llaganman, albatta undan keyin yana bir nechta boshqa tillarni ham o’rganishga muvaffaq bo’ldim.  Masalan o’tgan hafta Bolgar tili bilan tanishib chiqdim.  Bolgarcha til Rus tiliga shu qadar yaqin ekanki, Bolgarchadagi gazetadagi to’g’ri kelgan maqolani ochib o’qisam 90% bemalol tushunyabman.  Demak men Bolgar tilini o’qish qismini deyarli bajardim.Yozish va gapirishni o’rganishim uchun bir necha oy mashq qilish kifoya.  Chet el shirkatlariga ishga topshirayotganingizda ko’pincha sizdan til bilimingizning uch qismi so’raladi: o’qish, yozish, va gapirish.  Men shu tilni ham zahiramga qo’shib qo’ysam bo’lar ekan.
Ko’pchilik birdaniga bir nechta tilni o’rganishga harakat qiladi.  Menimcha bunday holda qaysi tilni o’rganishni tanlash muhim.  Masalan, menimcha O’zbek tiliga eng yaqin chet tili bu Turk tilidir.  Eski, adabiy O’zbek tilini bilgan odam Turkchani 6 oyda o’rganishi mumkin.  Shaxarda katta bo’lgan talabalar esa Rus tilini yaxshi bilganligi tufayli Inglizchani o’rganishi osonroq, chunki Rus tili Ingliz tiliga ancha yaqin.  Lug’atlarni ham shu asnoda tanlash maqsadga muvofiq.  Masalan, Turkchani o’rganish uchun O’zbekcha-Turkcha Lug’at qulayroq bo’lsa, Inglzichani o’rganish uchun Inglizcha-Ruscha Lug’at qulayroq kelishi tayin.

 

SO'NGSO'Z
Til qal'asining qamali usullarining asosiylarini o'z ichiga olgan to'plamga yakun yasar ekanman, bitta muhim narsani albatta aytib o'tmoqchiman.  Tilni hamisha mashq qilib turilmas ekan, sekin asta unutila boshlaydi.  Qarabsizki, ne-ne qiyinchiliklar bilan olingan qal'a ham qo'ldan ketishi mumkin.  Buning oldini olish uchun esa avval keltirilgan usullardan o'zingizga eng yoqqanlarini davomiy ishlatib yurishingizni tavsiya etaman.  Chet tili siz uchun bir cho'qqi emas, balki dunyoga va ilmga bir ko'prik vazifasini bajaruvchi vosita bo'lib qolsin.

 

 

 

www.odamlar.uz
www.hanifuz.narod.ru
www.madrasa.uz

 

Linklar
www.islom.uz
www.info.islom.uz
www.muslimaat.uz
www.ziyouz.com
www.mustab.narod.ru
www.muslim.uz
www.madrasa.uz
Bannerlar
Hisoblagich
HotLog
So'nggi yangilanish
Bugun 11:00
Noqulayik...
Saytdagi ma'lumotlar kiril lotin alifbosida yozilib noqulaylik yuzaga keltirganidan uzr so'raymiz...

 

 
All right reserved.Designed by mimR soft 2006-2007.Dizayn mualliflik huquqiga ega.
 
Hosted by uCoz