Asosiy bo'lim
Do'stlar
Mehmonhona
Chat
Sayt haqida

Aloqa

Islom
Aqoid
Qu'roni Karim
Hadis
Tarih
Ashoblar
   
Umumiy bo'lim
Downloadlar
Qiziqarli!
SMS lar
Kino olami
Latifalar
Shov-biznes
Tehnologiya
Windows XP
Microsoft Office
Internet
Programmalar...

 

 

Eng ommabop maqolalar:
Putinning vorisi kim? Qurondan tasirlanib...
Windows XP haqida qisqacha... Fatvolar
Al-kimyogar Sms yozayotgan bolakay
Muhabbat qaridimi? Internetdan nimaga foydalansiz?
Dunyoni o'zgartirgan odam kim? Insonlarga eng ko'p foydasi tekkan inson?
Hayot sabog'i
HAYOT HIKMATLARI
Avtobus bekatda bir yo‘lovchi ayol ko‘zida yosh bilan o‘tirardi. Yuragim achishdi unga. Ko‘ngil so‘radim.
— O‘g‘limni yo‘qotdim, uka, — dedi u quyilib kelayotgan ko‘z yoshlarni artar ekan. — Yigirma kundan oshdi, uydan chiqib ketganiga. Daragi yo‘q, yo‘liga ko‘z tikib ko‘zlarim toldi.
— Kasal-pasal emasmi axir?
Atrofingizga boqing. Hayot hikmatga to‘la.
Faqat uni tushunmoq, anglab yetmoq va xulosa chiqarmoq kerak...
Dushmanning yaxshiligi
Yo‘ldosh bilan Shomurod bir korxonada ishlashadi, bir mahallada turishadi. O‘ttiz yildan oshibdiki, bir korxonada ular. Biri rahbar, biri oddiy ishchi...
Aslida o‘zida bormi yo omad kulib boqdimi, Yo‘ldosh oddiy ishchilikdan korxona rahbari darajasiga ko‘tarildi. Shomurod bo‘lsa hamon oddiy ishchi. Ne baxtki, unga hech bo‘lmasa bo‘lim boshlig‘i vazifasini ham ravo ko‘rishmadi...
Yo‘ldoshga bo‘lgan e’tibor, hurmat va ishonch, rahbar sifatidagi yutuqlari alamzada Shomurodni qip-qizil dushmanga aylantirdi. U Yo‘ldoshning ustidan yoza boshladi. Ko‘p yozdi. Tasdiq topmasa-da yozaverdi. Ig‘vo xatlari Yo‘ldoshning aqlini charxladi, hushyorligini oshirib, har doim va hamisha ehtiyot bo‘lishga o‘rgatdi, chiniqtirdi, tobladi. U ishlayverdi. Barini mehnat bilan yengaverdi.
Bugun Yo‘ldoshning obro‘si yanada baland. Korxonasi hamon peshqadamlar safida.
Ona bolasin deydi...
Avtobus bekatda bir yo‘lovchi ayol ko‘zida yosh bilan o‘tirardi. Yuragim achishdi unga. Ko‘ngil so‘radim.
— O‘g‘limni yo‘qotdim, uka, — dedi u quyilib kelayotgan ko‘z yoshlarni artar ekan. — Yigirma kundan oshdi, uydan chiqib ketganiga. Daragi yo‘q, yo‘liga ko‘z tikib ko‘zlarim toldi.
— Kasal-pasal emasmi axir?
— Soppa-sog‘. “Biznes”chilik qilardi. Pul ustida dadasi koyib urgan, shunga arazlab ketib qolibdi. So‘rab-surishtirib bormagan joyimiz qolmadi. Melisaga, hatto folbinlarcha bordim. Natija yo‘q. Ichimda o‘t yonadi. Dadasining pushaymonini aytmaysizmi?
— Qo‘ying, opa, yig‘layvermang. Sog‘ligingizni yo‘qotasiz. Xudo xohlasa, o‘g‘lingiz albatta topiladi, — dalda bergan bo‘ldim opaxonga.
— Menga baloyam urmaydi. O‘g‘lim omon bo‘lsa, bag‘rimga qaytsa bas. Diydorini ko‘rib o‘lsam ham roziman, — deya oh uradi opa.
O‘ylab qolaman: onalar mehri farzanddan qaytarmikan? Alloh insof bersin ularga!
 
“Qarg‘ish yomonov”
Normurodning bugungi ahvolini ko‘rgan mahalladoshlari yarim hayrat, yarim tashvish bilan ana shunday deyishadi. Buning sababini uning yon qo‘shnisi Soliy aka afsus ila gapirib berdi.
— Normurodning otasi Rasul bobo to‘qsonga yaqinlashib vafot etdi. Zo‘r odam edi. Umr bo‘yi halol mehnat qilib oilasini boqdi. Uch nafar o‘g‘il, uch nafar qizni tarbiyalab voyaga yetkazdi. Normurod farzandlarining to‘ng‘ichi, u keksa otasini siylamay qo‘ydi. Goh yashirin, goh oshkora so‘kar, ba’zida “Hey imonsiz” deya jerkib, bechora cholni urmasdan beri qilardi. Rasul boboning aybi ulfatlari ko‘p bo‘lib, uni sira tinch qo‘yishmasdi. Yo mehmonga kelishardi, yo mehmonga olib ketishardi. Yashirib nima, ular bilan haligi noming qurg‘ur aroqdan jinday-jinday tortardi. Lekin hech kimga azobi yo‘q edi. Normurod bo‘lsa shunday paytlarda...
Soliy aka chuqur uf tortib, xo‘rsinib qo‘ydi. Nosvoyni olib kaftiga bir chimdim solib, tili tagiga tashladi. So‘ng:
— Rasul bobo bundan 15 yil oldin dunyodan o‘tdi. Normurod esa keksayib, yoshi oltmishdan oshib qoldi. Og‘ir kasal. Aroqqa juda ruju qo‘ygan, biror kun icholmasdan turolmaydi. Otaning qarg‘ishi urgan uni, — dedi ma’yus ohangda.
Adashgan do‘st
Chorshanba kuni Hamidjon bilan Sodiqjon shaharga tushishdi. Birga bozor aylanishdi, savdo do‘konlarni tomosha qilishdi. Choyxonaga kirib tamaddi qilib ham olishdi.
— Endi nima qilamiz, — dedi Hamidjon do‘stiga.
— Bilmasam, — yelka qisdi Sodiqjon.
— Bo‘lmasa menda bir taklif bor. Kitob do‘koniga kirsak, bozorning shundoq chekkasida. Bosh savdo uyining yonida. Bilarsan axir, — dedi Hamidjon.
Andisha ustun kelib Sodiqjon kitob do‘konini bilmasa-da “ha, bilaman” deb qo‘ya qoldi.
Do‘stlar zarur ishlarni bitirib olgach, biror soatdan so‘ng kitob do‘konida uchrashishga kelishib ajralishdi.
Hamidjon kitob do‘koniga vaqtliroq keldi. Javonlarga terilgan kitoblarni ko‘zdan kechirdi. Bir-ikkita yangi kitob sotib oldi. Ammo Sodiqjon kelavermagach ko‘chaga chiqdi. Yana kutdi. Kelmadi. Avtobus bekati tomon yurdi. Bir payt do‘stining chaqirgan ovozini eshitdi.
— Do‘konni topolmay rosa adashdim, jo‘ra, — dedi Sodiqjon qizarib-bo‘zarib.
Shunday. O‘qimagan odam adashaveradi. O‘qish uchun esa kitob do‘koniga, hech bo‘lmasa kutubxonaga kirib turish kerak. Ana shunda bozorda ham, hayotda ham adashmaysan, — dedi Hamidjon hazil aralash.
Aslida bu hazil emas, haqiqat!

 

 

 

Linklar
www.islom.uz
www.info.islom.uz
www.muslimaat.uz
www.ziyouz.com
www.mustab.narod.ru
www.muslim.uz
www.madrasa.uz
Bannerlar
Hisoblagich
HotLog
So'nggi yangilanish
04.05.2007
Noqulayik...
Saytdagi ma'lumotlar kiril lotin alifbosida yozilib noqulaylik yuzaga keltirganidan uzr so'raymiz...

 

 
Barcha huquqlar himoyalangan. 2006-2007 designed by Hanif.Dizayn mualliflik huquqiga ega.
 
Hosted by uCoz