Asosiy bo'lim
Do'stlar
Mehmonhona
Chat
Sayt haqida

Aloqa

Islom
Aqoid
Qu'roni Karim
Hadis
Tarih
Ashoblar
   
Umumiy bo'lim
Downloadlar
Qiziqarli!
SMS lar
Kino olami
Latifalar
Shov-biznes
Tehnologiya
Windows XP
Microsoft Office
Internet
Programmalar...

 

 

Eng ommabop maqolalar:
Putinning vorisi kim? Qurondan tasirlanib...
Windows XP haqida qisqacha... Fatvolar
Al-kimyogar Sms yozayotgan bolakay
Muhabbat qaridimi? Internetdan nimaga foydalansiz?
Dunyoni o'zgartirgan odam kim? Insonlarga eng ko'p foydasi tekkan inson?
nufuzli firmalar

 

DUNYODAGI ENG NUFUZLI KOMPANIYALAR
AQShda chop etiladigan The Fortune jurnali dunyodagi eng nufuzli 50 ta kompaniya ro‘yxatini e’lon qildi. Yillik ro‘yxatni tuzish uchun dunyoning 30 ga yaqin mamlakatidagi 1500 dan ziyod top-menejerlar fikrlari o‘rganilgan. Respondentlar yangi texnologiyalardan foydalanish, bosh­qaruv samaradorligi, moliyaviy xavfsizlik, mahsulot va xizmatlar sifati kabi jihatlarga ko‘ra kompaniyalarga baho berishgan.
Sayyoramizning eng nufuzli 50 kompaniyasi safiga Amerkadan 35 ta, Yaponiyadan  beshta, Buyuk Britaniyadan 3 ta, Germaniyadan 2 ta, shuningdek, Frantsii, Finlyandiya, Shveytsariya, Singapur va Janubiy Koreyadan bittadan kompaniya kirgan. Quyidagi kompaniyalar The Fortune jurnali reytingining dastlabki o‘nligini egallagan.
1.General Electric (AQSh). Mashinasozlik sohasida yetakchi sanalgan kompaniya butun dunyo­da o‘z vakolatxonalariga ega. Kompaniyaning yillik savdo aylanmasi 163,4 milliard dollarni tashkil etdi.
2. Toyota Motor (Yaponiya). 1937 yili tashkil etilgan korporatsiyada 286 mingdan oshiq xodim mehnat qiladi. 2006 yili Toyota Motorning savdo aylanmasi 178,9 milliard dollarga to‘g‘ri keldi.
3. Procter & Gamble (AQSh). Kosmetika, parfyumeriya vositalari va shaxsiy gigiena mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan kompaniyaning yillik savdo oboroti 68 milliard dollarni tashkil etadi.  Procter & Gamble jahonning 160 mamlakatida faoliyat olib boradi.
4. Johnson & Johnson (AQSh). Shaxsiy gigiena vositalari hamda tibbiy uskunalar ishlab chiqaradigan kompaniya dunyoning 57 mamlakatida 200 dan ortiq bo‘limlarga ega. Kompaniya shtatida 122 ming xodim qayd etilgan.
5. Apple  (AQSh). Asosan kompyuter mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan kompaniya butun dunyoda yuqori sifat ramzi deb tan olingan.  2007 yili kompaniya nomidan «computer» (kompyuter) atamasi olib tashlandi. Buni muassasa faoliyat ko‘lamini kengaytirib, yangi mahsulotlar ishlab chiqarishga kirishgani bilan izohlash mumkin.
6. Berkshire Hathaway (AQSh). Sarmoya xoldingi dunyo boylari ro‘yxatida ikkinchi o‘rinni band etgan Uorren Baffetga tegishli. Kompaniya sug‘urta, savdo va moliya xizmati bilan shug‘ullanadi.
7. FedEx (AQSh). Dunyoning 220 dan ortiq mamlakatida pochta xizmati ko‘rsatib kelayotgan kompaniya katta nufuz qozongan. Uning yillik savdo aylanmasi o‘rtacha 32,3 milliard dollarni tashkil etadi.
8. Microsoft (AQSh). Sayyoramizning eng boy kishisi Bill Geytsga qarashli kompaniya kompyuter va axborot texnologiyalari ishlab chiqaradi. 2006 yili kompaniya 12,6 milliard dollar sof foyda ko‘rgan edi. Microsoft kompaniyasida 71 ming xodim mehnat qiladi.
9. BMW (Germaniya). Avtomobil ishlab chiqarish bo‘yicha deyarli bir asrlik tajribaga ega bo‘lgan nemis kontserni haqli ravishda nufuzli kompaniyalar o‘nligiga kirdi. Kontsern ayni paytda Mini va Rolls-Royce kompaniyalari nazorat aktsiya paketiga ham egalik qilyapti. BMW birgina 2005 yilning o‘zida 1,3 million dona avtomobil sotishga muvaffaq bo‘ldi.
10. PepsiCo (AQSh). Ichimliklar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan kompaniyani Indra Nuyi boshqaradi. Darvoqe, ishbilarmon xonim Amerikaning eng ta’sirli ayollari ro‘yxatiga ham kirgan edi. Pepsi kompaniyasi Lipton Ice Tea, Pepsi, Mirinda, Tropicana, Mountain Dew kabi ichimliklar ishlab chiqaradi.
S. KAMOL
tayyorladi

 

 

Linklar
www.islom.uz
www.info.islom.uz
www.muslimaat.uz
www.ziyouz.com
www.mustab.narod.ru
www.muslim.uz
www.madrasa.uz
Bannerlar
Hisoblagich
HotLog
So'nggi yangilanish
04.05.2007
Noqulayik...
Saytdagi ma'lumotlar kiril lotin alifbosida yozilib noqulaylik yuzaga keltirganidan uzr so'raymiz...

 

 
Barcha huquqlar himoyalangan. 2006-2007 designed by Hanif.Dizayn mualliflik huquqiga ega.
 
Hosted by uCoz